Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiyada 19 martda prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlanadi
09:57 / 2023-03-15

19 martdan boshlab Turkiya Oliy saylov kengashi 14 may kuni o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etadigan nomzodlarning arizalarini qabul qilishni boshlaydi.

Bu jarayon 23 mart soat 17.00 ga qadar davom etadi. Nomzodlar 31 mart kuni “Resmî Gazete”da e’lon qilinadi, deyiladi Oliy saylov kengashi matbuot xizmati xabarida.

OSKning raisi Ahmet Yenerning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, mamlakatda saylov kampaniyasi 18 martdan boshlanadi va 13 maygacha davom etadi.

Prezident va parlament saylovlari 14 may kuni bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarligi uchun ikkinchi tur saylov 28 mayda o‘tkazilishi mumkin.

Saylovda qatnashadigan siyosiy partiyalar yoki birlashmalar 24 mart kuni yakuniga qadar o‘z nomzodlarini ro‘yxatini OSKga taqdim etishlari kerak.

 

O‘zA