Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya zilzilasiga bir hafta bo‘ldi...
09:36 / 2023-02-13

“Anadolu” agentligining xabar berishicha, 75 mamlakatdan kelgan qidiruv-qutqaruv guruhlari ishlarini davom ettirmoqdalar.

11 fevral, zilzila sodir bo‘lgach besh kundan keyin Gaziantep viloyatida vayronalar ostidan bir oila chiqarildi. Ota-ona, ikki qiz va o‘g‘ilning salomatligi o‘rtacha baholanmoqda.  

Mo‘’jizalardan yana biri zilziladan keyin 132 soat o‘tgach yetti yoshli qizaloqning qutqarilishi bo‘ldi. Yana shu shaharda 163 soatdan keyin 62 yoshli Nazife Yilmaz qutqarildi. 170 soat ichida vayrona ichida qolib ketgan 40 yoshdagi Sibel Kaya vayronalar ostidan sog‘-omon chiqarib olindi.  

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining ma’lumot berishicha, qutqaruvchilarning o‘zlari ofat mintaqalarida xavf ostida qolganlar. Germaniyaning ikki guruh va Avstriyaning bir guruhi qutqaruv-qidiruv ishlarini to‘xtatganliklari haqida bayonot berganlar.

Turkiyada bo‘lib turgan Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Sulton al-Nahayon zilziladan talofat ko‘rgan mintaqalarga borgan. Bu haqda “Al-Ittixad” gazetasi xabar berdi.  

Vazir mamlakatining qutqaruv-qidiruv ishlaridan tashqari zilziladan zarar ko‘rgan jabrdiydalarga zarur bo‘lgan barcha yordamlarni  berishini ma’lum qildi.  

Turkiya Favqulodda vaziyatlar departamenti xabarida qurbonlar soni 24 ming 617 kishi ekanini ma’lum qildi.

 

O‘zA