Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya yuk kemasi bilan bog‘liq hodisani tekshirmoqda
22:31 / 2020-12-01

Turkiya prokuraturasi bir necha kun oldin O‘rta yer dengizida Turkiya yuk kemasining Germaniya harbiy kemasi tomonidan ushlab turilishi va tekshirilishi ustidan tergov boshladi. Germaniya harbiy kemasining ushbu harakati "noqonuniy" degan ayblov qo‘yilmoqda.

Anqara bosh prokuraturasi bayonotiga ko‘ra "Ushbu kema noqonuniy tekshirilgan, tintuv xulosasi Turkiya tomonidan tasdiqlanmagan".

Yevropa Ittifoqining "Irini" maxsus amaliyotida qatnashayotgan Germaniyaning "Gamburg" harbiy kemasi Turkiyaning Liviyaga yo‘l olgan yuk kemasini ushlab qoldi. Nemis askarlari kemada tintuv o‘tkazgan.  

"Irini" amaliyoti mart oyi oxirida boshlangan bo‘lib, Sharqiy O‘rta dengizda Liviyaga qurol yetkazib berishga BMT tomonidan qo‘yilgan embargoni amalga oshirishdir.

Shohida Jalilova