Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya yetakchisi nimadan xavotirda?
10:59 / 2026-02-19

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakatda aholi o‘sish sur’ati pasayib borayotganidan jiddiy xavotir bildirdi. "TRT Haber" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, davlat rahbari Efiopiyadan qaytayotib, jurnalistlar bilan suhbatda shu masalaga alohida to‘xtalgan.

Ta’kidlanishicha, Turkiya aholisi kamayishi va demografik ko‘rsatkich pasayishi mamlakat kelajagi uchun xavotirli vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Shu bois joriy yil oila masalasini qo‘llab-quvvatlash va mazkur institutni mustahkamlash hukumatning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi.

Mahalliy Statistika instituti 2025-yil uchun taqdim etgan hisobotda qayd etilishicha, mamlakat aholisi o‘tgan yilga nisbatan 427 224 kishiga ko‘payib, jami 86 092 168 nafarga yetgan. Garchi aholi sonida o‘sish kuzatilgan bo‘lsa-da, tabiiy tug‘ilish ko‘rsatkichi eng quyi nuqtaga tushgani ta’kidlangan.

Prezident Erdog‘an bu tendensiyani to‘xtatish va millatning demografik salohiyatini saqlab qolish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish zarurligiga urg‘u bergan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA