Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Xavfsizlik kengashi: qurolli kuchlarning harbiy amaliyoti boshqa mamlakatlarga qaratilmagan
12:08 / 2022-05-27

Turkiya qurolli kuchlari terrorchilikka qarshi yangi amaliyotni tayyorlamoqda, u boshqa mamlakatlarning hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan emas, deyiladi Turkiya Xavfsizlik kengashi tarqatgan bayonotda.

Xabarda Turkiya Xavfsizlik kengashining payshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisi uch soatga cho‘zilgani aytilmoqda. O‘tgan dushanba kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an qurolli kuchlar mamlakat chegaralarida aksilterror amaliyotlarini boshlaydi, tez orada ushbu masalada qaror qabul qilinadi,  deb bayonot bergan edi.

Ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishicha, harbiy amaliyot Suriyaning to‘rtta hududida amalga oshiriladi.

"Janubiy sarhadlarimizda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan mazkur amaliyot qo‘shnilarimizning hududiy yaxlitligiga ziyon keltirmaydi va milliy xavfsizligimiz uchun zarur hisoblanadi", - deyiladi Xavfsizlik kengashi bergan bayonotda.