Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya vazirlari qasamyod qildi
09:56 / 2023-06-08

Turkiyaning yangi hukumati a’zolari chorshanba kuni qasamyod qabul qilib, rasman vazifalarini bajarishga kirishdilar. Bu haqda “Anadolu” yozdi.

Marosimda 17 vazir va vitse-prezident Jevdet Yilmaz ishtirok etdi.

Dastlab Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an va Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi Respublika asoschisi, birinchi davlat rahbari Mustafo Kamol Otaturk maqbarasini ziyorat qildi.

– Aziz Otaturk, Turkiyaning yangi hukumati tarkibi sizning xotirangizga hurmat bajo keltirish uchun bu yerga to‘plandi, – deb yozdi Erdog‘an maqbaradagi mehmonlar kitobida. – Biz Turkiyaning 85 millionlik xalqiga xizmat qilish yo‘lida faoliyatimizni tinimsiz davom ettiramiz. Ishonchimiz komilki, respublikamiz tashkil topganiga yuz yil to‘ladigan joriy yil mamlakatimiz yanada gullab-yashnashida boshlang‘ich nuqta bo‘ladi.