Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya va Xitoy kompaniyalari elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘ldi
17:00 / 2022-12-27

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tender savdolari yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Turkiyaning “ŞA-RA ENERJĪ Īnşaat, Ticaret ve Sanayi A.Ş.”  kompaniyasi 31,89 million AQSH dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan uzunligi 213 kilometr bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha g‘olib, deb topildi.

Xitoy Xalq Respublikasining “Xian Electric Engineering Co., Ltd”  kompaniyasi esa 14,68 million AQSH dollari miqdoridagi taklif etilgan narx bilan uzunligi 72 kilometrda 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.    

Joriy yilning 23 dekabrida tenderda g‘olib bo‘lgan kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazildi va shartnomalar imzolandi.    

Mazkur loyiha Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib 2022 – 2024 yillarda amalga oshirilishi belgilangan. Loyiha Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligi oshirilishiga, energotizimning Toshkent qismida magistral elektr tarmoqlari yuklamalarini kamayishiga va ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kelgusidagi talablarga mos holda bo‘lishiga xizmat qiladi.    

 O‘zA