Turkiya va Saudiya vertolyot ishlab chiqaradi
Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi Jahon mudofaa ko‘rgazmasi - "World Defense Show-2026" anjumani doirasida Turkiya va Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan “Gokbey” ko‘p maqsadli vertolyotini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv yuqori texnologiyali mahsulotlar yaratish, harbiy va an’anaviy maqsad uchun vertolyot yetkazib berishni nazarda tutadi.
S.Rahimov, O‘zA