Turkiya va Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 6 nafar fuqaro Vatanga qaytarildi
Asli toshkentlik M.A farzandi bilan Turkiyaga, farg‘onalik R.T va samarqandlik S.X voyaga yetmagan farzandlari bilan Rossiya Federatsiyasining Samara shahriga ishlash maqsadida ketadi.
Ushbu fuqarolar pandemiya sababli ishsiz va turar-joysiz qoladi.
Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarning farzandlariga "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashitirib berildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida 1 iyun kuni Istanbul-Toshkent, Samara-Moskva-Toshkent aviareyslari orqali O‘zbekistonga qaytarildi.
Fuqarolarni Toshkent xalqaro aeroportida Agentlik mas’ul xodimlari kutib olib, doimiy yashash manzillariga kuzatib qo‘ydi.