Turkiya va Qatar strategik hamkorligi
Amir Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Turkiya va Qatar o‘rtasidagi strategik hamkorlik oliy qo‘mitasi 9-yig‘ilishi yakuni yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda “QNA” ma’lum qilgan.
Davlat rahbari bir kun oldin Doxada bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir natijasini yuqori baholab, “Ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy integratsiyani kuchaytiruvchi, umumiy manfaatni ro‘yobga chiqaradigan malakali sheriklik orqali o‘zaro aloqani mustahkamlashga hissa qo‘shadi”, dedi.
Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy taklifiga binoan, 4-5 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Davlat rahbarlari ishtirokida turli sohalarda hamkorlik bo‘yicha 12 ta kelishuv, 9-strategik hamkorlik oliy qo‘mitasi yakuni bo‘yicha Qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
Tashrif doirasida Turkiya yetakchisi Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi yig‘ilishida ham ishtirok etadi.