Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya universitetlari bilan hamkorlikda yangi yoʻnalishlar ochiladi
14:35 / 2019-07-24

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari U.Begimqulov boshchiligidagi ishchi guruh Turkiya poytaxtida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston – Turkiya hukumatlararo iqtisodiy komissiyasi yigʻilishida ishtirok etmoqda.


Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari U.Begimqulov boshchiligidagi ishchi guruh Turkiya poytaxtida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston – Turkiya hukumatlararo iqtisodiy komissiyasi yigʻilishida ishtirok etmoqda. Mazkur guruh tarkibida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti prorektori Z.Abdurashidov ham bor.

Tadbir doirasida ishchi guruh aʼzolari Anqara shahridagi Hoji Bayram Vali universitetiga tashrif buyurdi. Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti va Hoji Bayram Vali universiteti oʻrtasida yangi qoʻshma dasturlar ochilishi xususida kelishib oldi.

Muzokaralar natijasiga koʻra, joriy oʻquv yilidan boshlab sayohat rahbarligi va gid tarjimonlik, kompyuter grafikasi va media dizayn, turizm mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma dasturlar ochish borasida aniq takliflar ilgari surildi. Forumning navbatdagi kunlari davomida yakuniy xulosalarga asoslangan, ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolanishi koʻzda tutilmoqda.