English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya universiteti bilan memorandum imzolandi
15:19 / 2024-02-27

Shu kunlarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzorahimov boshchiligidagi institut mutasaddilari Turkiyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Safar davomida Turkiyaning Karabuk universitetida “O‘zbekiston va Turkiya madaniy merosini o‘rganish masalalari” mavzuida seminar tashkil etildi. Unda yurtimiz delegatsiyasi a’zolari universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Turkiyaning Karabuk universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Hujjatda ikki oliy ta’lim muassasasi rektorlari A.Mirzorahimov hamda Fatih Kirishik imzo qo‘ydi. Memorandum kelgusida tomonlarning professor-o‘qituvchilari, talabalar almashinuvi, stajirovka o‘tash masalalarini ko‘zda tutadi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA