Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Ukrainadan don olib kelayotgan kemalarga yo‘l ochadi
17:42 / 2023-08-18

Turkiya Ukraina portlaridan don ortilgan kemalarning Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlaridan to‘siqsiz o‘tishini kafolatlashga tayyor. Milliy mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib, “Haber Global” telekanali shunday axborot tarqatgan.

“Bizga ma’lum bo‘lishicha, hozircha Ukrainadan birorta ham kema chiqmagan, agar donli yuk yetib kelsa, bo‘g‘ozlarimizdan o‘tib ketadi”, - deyiladi xabarda. Ayni payt “Elips Haber” axborot portali “birinchi kema yangi yo‘lak bo‘ylab allaqachon yo‘lga chiqqan”ini aytmoqda. Masalan, Gonkong bayrog‘i ostidagi “Joseph Schulte” konteyneri 16 avgust kuni Odessa portini tark etib, Ukraina suvli hududidan chiqdi. “Marine Traffic” kema kuzatuvi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, takrib Turkiyaning Ambarli portiga yo‘l olgan.  

Ukraina Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Kubrakov aytishicha, bu kema Kiyev tomonidan e’lon qilingan, “Qora dengiz portlaridan vaqtinchalik ochilgan yo‘lak”dan birinchi bo‘lib foydalangan.

Turkiya mudofaa vaziri Yasar Guler Moskva va Kiyev bilan Ukrainada 12 avgust kuni to‘sib qo‘yilgan turk kemalarini qaytarish masalasini muhokama qilmoqda. Hozircha bu masalada ijobiy natijaga kafolat yo‘q. Ukraina portlarida Turkiyaning 12 savdo kemasi va bitta shikastlangan kema krani bor.  

O‘zA