Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Ukraina portlarini minadan tozalash uchun yordam taklif qildi
19:44 / 2022-07-23

G‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv doirasida Turkiya portlarni minadan tozalashda Kiyevga yordam berishga tayyor.

Bu haqda Turkiya Prezidenti maslahatchisi Ibrohim Kalin ma’lum qildi, deyiladi "Interfax.ru" axborotida.

Turkiya rasmiy vakili "Portlarni minadan tozalash uchinchi davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bu ishda Turkiya yordam berishga tayyor", degan.

Darvoqe, o‘tgan hafta Ukraina g‘allasini eksport qilish bo‘yicha muzokarada Rossiya, Turkiya, BMT va Ukraina Istanbulda muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etish, portlardagi donni birgalikda nazorat qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.