Turkiya Ukraina masalasida vositachi bo‘lishga tayyor
Turkiya Ukraina bo‘yicha vositachi bo‘lishga tayyor, lekin hozircha bunday taklif tushmadi, dedi Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an.
– Agar tomonlar bizning vositachilik qilish taklifimizni qabul qilsa, biz darhol ushbu vazifani bajarishga kirishamiz, – dedi Erdog‘an NATO sammiti yakuni bo‘yicha uyushtirilgan matbuot anjumanida. – Turkiya bu masalada bor salohiyatini ishga solishga tayyor.
NATO sammiti 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tdi. Oliy darajadagi tadbirda Alyansga a’zo barcha mamlakatlar yetakchilari, jumladan, AQSH Prezidenti Jo Bayden ham ishtirok etdi.
“Biz RF va Ukraina yetakchilari bilan uchrashib turgan yagona mamlakatmiz”, – ta’kidladi Turkiya yetakchisi.