Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya turkman gazining Kaspiy orqali yetkazib berilishidan umidvor
12:15 / 2022-12-14

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an turkman gazi Kaspiy dengizi orqali Turkiyaga yetkazib berilishiga umid qilayotganini ta’kidladi.

"Туркманистонда Ozarbayjon va Turkiya yetakchilari ishtirokida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Sammitda energetika masalalari ham muhokama qilinadi, unga men bilan energetika vaziri ham bormoqda. Uchrashuvda ushbu masalalarni muhokama qilamiz. Men turkman gazini Kaspiy orqali mamlakatimizga yetkazilishi amalga oshirilishidan umidvorman", – dedi Erdog‘an Anqaradagi Esanbog‘a aeroportida Turkmanistonga jo‘nab ketish arafasida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.