Turkiya to‘ylarida ommaviy zaharlanish: 72 kishi kasalxonaga yotqizildi
Turkiyaning ikki viloyatidagi ikki alohida to‘yda ommaviy zaharlanish holati kuzatilgan. Mamlakat shimoli-sharqidagi Trabzonda 65 kishi ovqatdan zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi. Shimoli-g‘arbdagi Zondulag viloyatida ham maishiy bayramdan so‘ng shunga o‘xshash tashxis qo‘yilgan yetti fuqaro shifokorga murojaat qilgan.
“TRT Haber” telekanali ma’lum qilishicha, yuqorida tilga olingan hodisalar bo‘yicha tergov boshlangan.
S.Rahimov, O‘zA