Turkiya tez kunlarda neft sohasida katta yangilikni ma’lum qiladi
Turkiya tez kunlarda neft qazib olishda “katta yangilik”ni e’lon qiladi, deb bayonot berdi mamlakat energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Fotix Donmez.
Avvalroq, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakat janubi-sharqida qiymati 12 milliard dollarga baholanayotgan 150 million barrel miqdorida neft zaxirasi (taxminan 21,3 million tonna) topilgani haqida ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, ushbu kon joriy yilda quruqlikda topilgan o‘nta eng yirik neft zaxirasidan biri bo‘ladi.
“Biz neft borasida juda tez vaqtlarda katta yangilikni ma’lum qilamiz”, – degan Donmez A Haber telekanaliga.