Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining bayonot berishicha, Anqara Kiyevni NATO bo‘yicha ittifoqchilarining ko‘pchiligidan ko‘ra samaraliroq qo‘llab-quvvatlamoqda.
"Biz Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlamoqdamiz.
Ehtimol biz Ukrainani NATO bo‘yicha ittifoqchi mamlakatlarning ko‘pchiligidan ham ko‘ra samaraliroq qo‘llab-quvvatlayotgandirmiz. Shu bilan birga, Rossiya bilan ham muloqot olib borayapmiz va bu o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Shu sababli ularni ikki marta muzokara olib borishga ko‘ndirdik va bug‘doy bo‘yicha kelishuvimiz ish berdi", - deya keltiradi Chavusho‘g‘lining so‘zlarini Star gazetasi.
Uning ta’kidlashicha, Turkiya Istanbulda Xalqaro atom energiyasi agentligini Rssiya tomoni bilan uchrashtirdi.
Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan muloqot sababli ekspertlar endi Zaporoje AESini borib ko‘radi.
"Ekspertlar yana mintaqaga boradi. Bu vaqtda biz xavfsizlik kafolatini ta’minlashga harakat qilamiz", - deya ta’kidlagan u.
Zaporoje AESi Dnepr daryosining so‘l sohilida Energodarga yaqin joyda qurilgan. AES energobloklar soni va quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik ob’ekt hisoblanadi. Mart oyidan buyon Zaporoje AESi Rossiya harbiylari nazoratida turibdi.