Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Suriyada harbiy bazalar qurishi mumkin
12:35 / 2025-02-03

Turkiya Suriyada ikkita harbiy baza barpo etib, o‘sha joyda F-16 qiruvchi samolyotlarini saqlashi mumkin, deya xabar tarqatdi “Turkiya” gazetasi nomi oshkor etilmagan arab manbalariga tayanib.

– Ikki mamlakat mushtarak mudofaa shartnomasini tuzadi. Tez orada imzolanishi kutilayotgan kelishuvga ko‘ra, to‘satdan tahdidga duch kelgan taqdirda, Damashqqa Anqara yordamga keladi. Bitim Turkiya Qurolli kuchlari Suriya armiyasiga uchuvchilar tayyorlashda ko‘maklashishini nazarda tutadi. Arab davlati suverenitetiga qarshi uyushtiriladigan har qanday hujumni bartaraf etish uchun Harbiy havo kuchlarini shakllantirish yakuniga yetgunga qadar, ushbu bazalarda 50 ta F-16 qiruvchi samolyoti joylashtiriladi.

Rasmiy idoralar bu axborotga hozircha izoh bermagan.

Nashr yangi ma’muriyat Isroil bilan chegarani nazorat qilish uchun Turkiyadan uchuvchisiz uchoq, radar va elektron urush tizimi so‘raganini ham qo‘shimcha qilgan. Gazeta Suriya mudofaa vazirligi vakiliga tayanib yozishicha, harbiy dronlarni yetkazib berish yaqin orada boshlanadi.

Avvalroq Amerikaning “Washington Post” gazetasi sun’iy yo‘ldosh tasviri va ekspertlarga asoslanib, Isroil Suriyadagi Jo‘lon tepaligi hududida harbiy baza quryapti, deb yozgandi.