English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya shimolida shaxtada ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 28 kishiga yetdi
12:28 / 2022-10-15

Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning ma’lumotiga tayanib TRT telekanali xabar berdi.

Avvalroq 25 kishi halok bo‘lgani haqida aytilgan edi.  

"Ko‘mir shaxtasida yuz bergan portlash qurbonlari jami 28 kishiga yetdi", - deyiladi xabarda.  

Shuningdek,  11 kishi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgani ma’lum qilindi.

Portlash Turkiyaning shimoliy hududida  shaxtada yuz bergan. Vayronalar ostida ishchilar qolib ketgan, ular hali ham chiqarib olingani yo‘q, deb xabar bergandi avvalroq CNN Turk telekanali. A Haber telekanal esa mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib, portlash sodir bo‘lgan joyda, ya’ni 300 metr chuqurlikda 115 nafar  ishchi bo‘lgani haqda xabar berdi. Ishchilarning bir qismi qutqarib olingan, 49 ishchi portlashdan keyin yer ostida berkilib qolgan, dedi Bartin viloyati gebernatori Nurtaj Arslan.