Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya shimoli-sharqida kuchli yomg‘ir va jala tufayli suv toshqinlari kuzatildi
16:42 / 2021-07-23

Turkiya shimoli-sharqidagi Riza va Artvin viloyatlarida kuchli yomg‘ir va jala tufayli suv toshqinlari kuzatildi.

Hududda qidiruv-qutqaruv ishlari boshlab yuborildi, deyiladi mamlakat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabarida.  

“Arxavi daryosi o‘zanidan toshgan, tumanlar markazi va qishloqlarning ko‘chalarini suv bosgan. Tabiiy ofat girdobida qolgan odamlarni qutqarish ishlari davom etmoqda. Riza viloyatida ham holat shunday”, deyiladi mahkama ma’lumotida.  

Tabiiy ofat hududiga yetib kelgan ichki ishlar vaziri Suleyman Soyluning aytishicha, qurbonlar yo‘q, bir necha odam jarohatlangan.