Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Rossiyani Qora dengizda vaziyatni keskinlashtirmaslikka chaqirdi
13:00 / 2023-08-18

Turkiya “Sukra Okan” kemasi bilan bo‘lgan hodisadan keyin Rossiyani Qora dengizda vaziyat keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi, deyiladi Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an devonidan tarqatilgan xabarda.

O‘tgan yakshanba kuni Rossiyaning “Vasiliy Bikov” qo‘riqlash kemasi Palau bayrog‘i ostida Ukrainaning Izmail portiga qarab harakatlanayotgan “Sukra Okan” yuk kemasiga ogohlantiruvchi o‘q uzgan.  

“Rossiyadagi hamkorlarimiz Qora dengizda vaziyatni keskinlashtiruvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi haqida ogohlantirildi”, – deyiladi bayonotda.  

Juma kuni Rossiya mudofaa vazirligi qo‘riqlash kemasining yuk kemasini nazoratdan o‘tkazayotgani aks ettirilgan videoni namoyish qildi. Videokadrlarda Rossiyaning Ka-29 vertolyoti “Sukra Okan” yuk kemasini aylanib uchgani va taqiqlangan yuklar bor-yo‘qligini tekshirish uchun harbiylar kemaga tushirilgani aks ettirilgan.