Turkiya Rossiya, Ozarbayjon va Eron bilan gaz shartnomasini uzaytirmoqchi
Turkiya Rossiya, Ozarbayjon va Eron bilan tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha kelishuvlarni uzaytirish niyatida. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Fotih Donmez “Anadolu” agentligiga ma’lum qildi:
- Biz bu uch davlatdan gaz olamiz. Endi mavjud shartnomalarni uzaytirib, ehtiyojimizni qondirishga harakat qilamiz.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an o‘tgan hafta Eronda olib borilgan muzokara chog‘ida mezbonlar bilan gaz sohasidagi hamkorlik masalasini ham muhokama qilgan edi.