Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Rossiya-NATO o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib borayotganidan xavotirda
09:49 / 2021-12-25

Rossiya va NATO munosabatidagi keskinlik, rus-ukrain chegarasidagi vaziyat xavfli darajaga yetdi, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li xalqaro xavfsizlik akademiyasidagi yig‘ilishida.

Vazirning so‘zlari "TRT" xabarida keltirilmoqda.

“Turkiya Rossiya bilan keng miqyosli munosabat o‘rnatgani uchungina Ukraina bilan aloqalaridan kechmaydi”, dedi Chavusho‘g‘li. NATO Sharqqa tomon kengaymaslik bo‘yicha majburiyat olmasligi bo‘yicha bayonot berdi.

Yaqinda “Bloomberg”  agentligi “Jane's” nashrining harbiy sohadagi tahlilchilari fikriga tayanib Rossiya Ukraina bilan chegaraga qo‘shimcha harbiy texnikani safarbar etganini ma’lum qilgandi.