French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib bormoqda
18:20 / 2021-09-29

TASS axborot agentligi xabariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Sochida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashib, muzokaralar olib bormoqda.

Turkiya rahbari yuqori darajadagi muloqotdan baxtiyor ekanini ta’kidladi. Ma’lum bo‘lishicha, Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasidagi muzokaralarda “Rossiya va Turkiya siyosiy va savdo-iqtisodiy sohasida sheriklikning turli jihatlarini” muhokama qilish rejalashtirilgan.

Rossiya rahbarining matbuot xizmati qo‘shimcha qilishicha, dolzarb xalqaro muammolar, jumladan, Suriya, Liviya, Afg‘oniston va Kavkazorti mamlakatlaridagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan batafsil fikr almashish ko‘zda tutilgan.