Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan uchrashishini ma’lum qildi
14:37 / 2021-06-18

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda u Ozarbayjonga tashrifini tugallab qaytganidan so‘ng mahalliy televideniyega bergan intervyusida fikr bildirgan.  

“RIA Novosti” undan iqtibos olgan.  

Erdo‘g‘anning eslatishicha, yaqinda Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev Putin bilan uchrashadi. “Men ham tez orada Putin bilan uchrashaman”, dedi u.  

Avvalroq Erdo‘g‘an Turkiya Ozarbayjonga o‘z harbiy bazalarini joylashtirishi mumkinligini aytgandi.