Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Prezidenti qirg‘izistonlik qutqaruvchilarni ham taqdirladi
20:31 / 2023-04-26

Yon qo‘shni jon qo‘shni

Anqarada zilzila oqibatini bartaraf etishga ko‘maklashgan xorijlik qutqaruvchilar va diplomatlarga davlat mukofotlari topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Kabar” axborot agentligiga mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Rejep Tayyip Erdog‘an katta leytenant Temirlan Jumamudunovni “Odamlarni qutqarishdagi jasorati va fidoyiligi uchun” medali, Qirg‘iz Respublikasining Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Ruslan Kazakbayevni faxriy yorliq bilan taqdirladi.

Eslatib o‘tamiz, Qahramonmarash va Xatay viloyatlarida jonbozlik ko‘rsatgan qirg‘izistonlik qutqaruvchilar 8 nafar insonni vayrona ostidan qutqarib, 198 kishining jasadini olib chiqishgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA