Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Prezidenti O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerini qabul qildi
20:43 / 2023-10-09

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Turkiyaning «Adolat va taraqqiyot» partiyasining navbatdagi IV katta kongressida ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilovni qabul qildi.

Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik shaklida rivojlanib borayotgani, mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada jonlanib, muntazamlik kasb etib borayotgani qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan parlamentlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalasiga ham urg‘u berildi.

 

O‘zA