Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Prezidenti aviaparvozlarni tiklash haqidagi xabarni mamnuniyat bilan qabul qildi
20:52 / 2021-06-20

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Rossiyaning o‘zaro havo qatnovlarni qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorini mamnuniyat bilan qabul qildi, deya xabar berdi «Anadolu» axborot agentligi.

Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova jurnalistlarga Turkiya bilan havo qatnovlari 22 iyundan boshlab tiklanishini e’lon qilgan.

Rossiya 15 apreldan boshlab Turkiya hududida koronavirus bilan kasallanganlar soni ko‘paygani tufayli parvozlarni cheklagan edi, reyslar soni haftasiga ikkitaga qisqartirilgandi.

Endi qatnovlar «Aeroflot» va «Turkish Airlines» tomonidan boshqariladi.

Shu paytgacha Turkiyaga parvozlar «S7 Airlines», «Ural Airlines», «Azur Air», «Nordwind Airlines», «Royal Flight», «Utair», «Pobeda» va «Red Wings» aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirib kelgan.

"Ko‘plab davlatlar mamlakatimizni o‘zlarining cheklovlar ro‘yxatidan asta-sekin chiqara boshladi. Biz Fransiya va Rossiya tomonidan qabul qilingan qarorni mamnuniyat bilan qabul qilamiz", - degan Turkiya Prezidenti.