Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya – O‘zbekiston uchinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda
15:16 / 2024-09-28

Istanbul shahrida Turkiya – O‘zbekiston uchinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekistonning o‘ttizga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan oltmishga yaqin OTM rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy ta’lim kengashi raisi Odil Abdurahmonov, Turkiya Oliy ta’lim kengashi rahbari Erol O‘zvar, Istanbul texnika universiteti rektori Hasan Mandal ishtirok etdi. 

Ta’kidlash joizki, so‘ngi yillarda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida hamkorlik aloqalari mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lami kundan-kunga kengayib bormoqda. Hozirda oliygohlar o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomalari soni 150 tadan oshdi. 

Keyingi uch yil davomida 800 nafarga yaqin o‘zbekistonlik o‘qituvchi va tadqiqotchilar Turkiyaga malaka oshirish, stajirovka, seminar va treninglarga yuborildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi oliygohlarda o‘quv jarayonini tashkil etishga 500 nafardan ortiq turkiyalik o‘qituvchilar jalb etildi. Joriy o‘quv yilida universitetlarimiz o‘rtasida tashkil etilgan Double degree qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha 600 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda. 

Forum doirasida ikki davlat universitetlarining hamkorligiga qaratilgan 50 yaqin shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

O‘zA