English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani ratifikatsiya qildi
15:14 / 2022-02-04

Turkiya parlamenti Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha Shusha deklaratsiyasini ratifikatsiya qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Avvalroq Ozarbayjon parlamenti ham Turkiya bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shusha deklaratsiyasini tasdiqlagan edi.

Mazkur hujjatning qabul qilinishi uchun 266 deputat ovoz bergani aytilmoqda.

Ikki davlat munosabatlariga bog‘liq tarixiy hujjat sifatida baholanayotgan Shusha deklaratsiyasi Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan o‘tgan yilning 15 iyunida imzolangan edi. Unda ikki mamlakatning uchinchi bir mamlakatdan tahdid yoki bosqinchilik yuz bersa birgalikda harakat qilishi qayd etilgan. Bundan tashqari, deklaratsiyada tomonlarning qurolli kuchlarni modernizatsiyalash uchun birgalikda sa’y-harakatlarni davom ettirishi haqidagi band ham bor.