Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Oʻzbekistonga qarshi tarkibni eʼlon qildi: roʻyxatdan JCH-2002 sovrindori ham oʻrin olgan
19:15 / 2019-05-24

2-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi


2-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi

Avval xabar berganimizdek, 2-iyun kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi.

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gyunesh Antalya shahrida oʻtkaziladigan mazkur oʻrtoqlik oʻyini, shuningdek Fransiya hamda Islandiya terma jamoalariga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash bahslariga chaqirilgan 33 nafar futbolchi roʻyxatini eʼlon qildi.

Turklar 30-may kuni Gretsiya, 2-iyun kuni Ektor Kuper boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvlar orqali Shenol Gyunesh shogirdlari Yevro-2020 saralashi doirasida Fransiya va Islandiyaga qarshi boʻladigan muhim oʻyinlarga hozirlik koʻrishadi.

Eʼtiborlisi, Gyunesh boʻlajak oʻyinlarga Turkiya futbolining faxri, 2002-yilgi jahon chempionati sovrindori Emre Belozoʻgʻluni ham kiritgan.

Turkiya terma jamoasi tarkibi:

Darvozabonlar: Mert Gyunok (“Istanbul Bashaxshekir”), Goʻkhan Oqqon (“Rizespor”), Sinan Bolat (“Antverpen”, Belgiya), Chaqir Ugurchan (“Trabzonspor”);

Himoyachilar: Mehmed Choliq (“Lill”, Fransiya), Nozim Sangere (“Antalyaspor”), Oʻzan Muhammad (“Shtutgart”, Germaniya), Chaglar Suyunchi (“Lester”, Angliya), Kaan Oyxon (“Fortuna”, Germaniya), Merix Demirel (“Sassuolo”, Italiya), Chengiz Meraz (“Bursaspor”), Emre Tashdemir (“Galatasaroy”), Hasan Ali Kaldimir (“Fenerbaxche”);

Yarim himoyachilar: Abdulqodir Oʻmur (“Trabzonspor”), Chengiz Under (“Roma”, Italiya), Deniz Turuch (“Kayserispor”), Takuz Daruxan (“Beshiktosh”), Efejan Karaja (“Alanyaspor”), Emre Belozoʻgʻlu (“Istanbul Bashaxshekir”), Irfan Qahvechi (“Istanbul Bashaxshekir”), Mahmud Takdemir (“Istanbul Bashaxshekir”), Oʻgʻuzxon Oʻzyakup (“Beshiktosh”), Okay Yokushli (“Selta”, Ispaniya), Ozan Toʻfon (“Alanyaspor”), Yunus Mali (“Volfsburg”, Germaniya), Yusuf Yazichi (“Trabzonspor”), Hoqon Cholxonoʻgʻlu (“Milan”, Italiya), Umar Shahiner (“Kunyaspor”);

Hujumchilar: Burak Yilmaz (“Beshiktosh”), Chenk Toʻsun (“Everton”, Angliya), Enes Unal (“Valyadolid”, Ispaniya), Guven Yolchin (“Beshiktosh”), Kenan Karaman (“Fortuna”, Germaniya).

Biroq, Ektor Kuper milliy terma jamoamizning FIFA kunlarida boʻladigan oʻrtoqlik oʻyinlariga jalb etilgan futbolchilari roʻyxatini eʼlon qilgani yoʻq. Ehtimol argentinalik mutaxassis mamlakat superligasining 10-tur oʻyinlarida qaysidir futbolchining yarq etib porlashidan umidvormikan...