Turkiya muxolifati prezident sayloviga nomzod koʻrsatdi
Turkiyaning bir necha partiyasini birlashtirgan “Xalq ittifoqi” muxolifat alyansi prezidentlik saylovida qatnashish uchun yagona nomzod - mamlakatning birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk asos solgan Xalq respublikasi partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdor oʻgʻli nomzodini ilgari surdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Muxolifat blogi, shuningdek, saylovda gʻalaba qozongan taqdirda qolgan partiyalar raislari vitse-prezident etib tayinlanishini eʼlon qildi.
Bundan tashqari yangi davrda davlat rahbari huzuridagi barcha siyosiy kengashlar tugatilib, prezident respublikasi boʻlgan mamlakatda parlamentarizmni sezilarli darajada mustahkamlanishi rejasi maʼlum qilindi.
“Xalq ittifoqi” tarkibida Xalq respublikasi partiyasidan tashqari “Yaxshi partiya” (rahbari - Meral Akshiner), “Saodat” (Temal Karomulla oʻgʻli), “Kelajak” (Ahmad Dovut oʻgʻli), “Demokratiya va yutuq” (Ali Bobojon) va “Demokratiya partiyasi” (Gultekin Uysal) bor.
Turkiyada prezident saylovi 14-mayda oʻtkazilishi rejalangan.
OʻzA