Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya mudofaa vazirligi bugun Odessadan bug‘doy ortgan birinchi kema yo‘lga chiqishi haqida ma’lum qildi
11:18 / 2022-08-01

Dushanba kuni soat 8:30 da bug‘doy ortgan birinchi kema Odessa portini tark etadi, deb ma’lum qilmoqda Turkiya mudofaa vazirligi.

"Birinchi kema Odessa  portidan soat 8:30 da jo‘naydi", — deyiladi xabarda. 

22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga va Ukraina bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.    

BMT bosh kotibining o‘rinbosari, Afrika bo‘yicha Iqtisodiy komissiyaning ijrochi kotibi Vera Songvening ta’kidlashicha, “oziq-ovqat kelishuvining bajarilishi” Ukrainaning 23 million tonna  bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish imkonini beradi. Zero, BMT anchadan buyon bug‘doy taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi yuz berishidan ogohlantirib kelayotgan edi.