Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya kompaniyasi Namanganga yirik investitsiya kiritadi
15:31 / 2025-02-13

“Yuksalish” umummilliy harakati hamda Turk dunyosi mahalliy hokimiyatlari ittifoqi (“TDBB”) hamkorligida mamlakatimiz ma’muriy-hududiy rahbarlarining Turkiyaga amaliy tashrifi doirasida ayni kunlarda Namangan viloyatining Yangi Namangan tumani delegatsiyasi ham qardosh o‘lkada bo‘lib turibdi.

Amaliy xizmat safari davomida ikki davlatning muayyan hududlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, o‘zaro iqtisodiy aloqalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tashrif Yangi Namangan tumani hokimi Jobirxon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya vakillari Konya shahrida “Prefabrik & Çelikyapı” kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashib, 20 million dollar miqdoriga teng bo‘lgan investitsiyaviy loyiha yuzasidan memorandum imzoladi. 

Mazkur loyihaga ko‘ra, joriy yil davomida 10 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoya jalb qilinib, Yangi Namangan tumanida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zamonaviy zavod barpo etiladi. Muloqotda kelishilganidek, shu yilning 20-24 fevral kunlari Turkiya kompaniyasi delegatsiyasi yurtimizga tashrif buyurib, loyiha uchun Yangi Namangan tumani hududidan ajratilgan yer maydonini ko‘zdan kechiradi hamda infratuzilma masalalarini muhokama qiladi. 

Ta’kidlash joizki, ushbu tashabbus O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ikki taraflama iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA