Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya kelasi hafta Abbos va Netanyaxuni qabul qiladi
09:43 / 2023-07-21

Falastin yetakchisi Mahmud Abbos va Isroil hukumati boshlig‘i Benyamin Netanyaxu kelasi hafta uch kunlik farq bilan Turkiyaga tashrif buyuradi.

“ Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an bir hafta ichida Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni alohida-alohida qabul qiladi. Turkiya taklifiga binoan, mamlakatimizga keladigan davlat rahbarlari mintaqaviy va global muammolar yuzasidan fikr almashadilar”, deya ma’lum qilgan Prezident matbuot xizmati.

Turkiyaga Abbos 25 iyulda, Netanyaxu esa 28 iyulda keladi. Bayonotda aytilishicha, Abbos bilan “Turkiya – Falastin munosabati va Isroil – Falastin ziddiyati doirasidagi so‘nggi voqealar muhokama qilinadi.

Netanyaxu bilan esa “Turkiya – Isroil ikki tomonlama munosabati, shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida tashlanishi mumkin bo‘lgan keyingi qadamlar ko‘rib chiqilishi” rejalashtirilgan.

O‘zA