Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya kapitali ishtirokidagi loyihalar mamlakatimizning har bir hududi, har bir sohasiga kirib bordi (+video)
15:27 / 2026-01-30

Prezident tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 29 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Ko‘p qirrali sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi. Iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida ham kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Akram ALIEV tashrif doirasida o‘tkazilgan hamkordik uchrashuvlari va muhim hujjatlarga alohida to‘xtaldi.

– Keyingi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yuqori dinamikada rivojlanib boryapti. 2017 yil bilan hozirgi vaqtni solishtiradigan bo‘lsak, o‘shanda Turkiya investitsiyalari qiymati 20 million dollarga ham yetmas edi. O‘tgan yilning o‘zida esa Turkiya kapitali ishtirokida 3,2 milliard dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi, – dedi A.Aliyev.

Qo‘shma korxonalar soni ko‘payib boryapti. Masalan, 2025 yilning o‘zida qo‘shma korxonalar soni 400 taga oshib, hozirda 2200 taga yetgan. Bu, albatta, turk kapitali ishtirokidagi loyihalar mamlakatimizning har bir hududi, har bir sohasiga kirib bordi, deganidir. Energetika, sog‘liqni saqlash, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari kabi ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladigan hamkorligimiz davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari tashrifi doirasida turkiyalik hamkorlar bilan yangi yo‘nalishlarda qator kelishuvlarga erishdik. Ular – zargarlik sanoati, gidroenergetika, infratuzilma, shaharsozlik loyihalaridir. O‘ylaymanki, yaqin yillar ichida iqtisodiyotni, sanoatni modernizatsiya qilish borasidagi ishlarimiz yangi bosqichga chiqadi.  

Video intervyuni batafsil YouTube ijtimoiy tarmog‘imiz orqali tomosha qiling.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jU5PKCKTgGs" title="Turkiya kapitali ishtirokidagi loyihalar mamlakatimizning har bir sohasiga kirib bordi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz XUDOYBERDIEV, Anvarxo‘ja AHMEDOV (video), O‘zA