Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya janubida zilzila sodir bo‘ldi
15:26 / 2025-06-03

Turkiya janubida yuz bergan zilzila oqibatida bir qiz halok bo‘ldi, deb yozdi mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Erliqoya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Yer silkinishi Marmaris kurorti yaqinida qayd etilgan, ofat o‘chog‘i 67 kilometr chuqurlikda.

– Fathi shahrida 14 yoshli Afranur Gunlu zilzila chog‘i vahima xurujini boshdan kechirdi va kasalxonaga tushdi, – deb yozgan mulozim. – Afsuski, qizni qutqarib bo‘lmadi. Jarohatlangan 69 kishidan 46 nafari shifoxonaga yetkazildi. Hodisa Mug‘la va boshqa viloyatlarda ham sezildi, vayronagarchilik qayd etilmadi.

Kecha tunda Yevropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi

Gretsiyaning Turkiya qirg‘og‘i yaqinidagi Dodekan orolida ham 6,0 magnitudali zilzilani qayd etdi. Tabiiy ofat o‘chog‘i Rodos shahridan 19 kilometr shimolda, o‘n kilometr

chuqurda. Ehtimoliy vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.