English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya janubida 80 ga yaqin aholi punkti o‘rmon yong‘inlaridan ziyon ko‘rgan
08:59 / 2021-08-04

Turkiyaning janubida yuz bergan o‘rmon yong‘inlari beshta viloyatda 78 ta aholi punktiga zarar keltirdi, deb bayonot berdi mamlakat qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli.

"Yong‘inlar tufayli 2 ming 219 ta fermer ziyon ko‘rgan. Albatta, zararlar qoplanadi", - dedi Pakdemirli jurnalistlarga.  

Uning ma’lum qilishicha, yong‘inlarni o‘chirishda 16 samolyot, to‘qqizta uchuvchisiz boshqariladigan  dronlar, 51 ta vertolyot, 960 ta yong‘in o‘chiruvchi mashina va taxminan 5,2 ming kishi ishtirok etmoqda.