Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Isroilning G‘azoda kuch ishlatganini qoraladi
09:35 / 2022-08-08

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning G‘azo sektoridagi tinch aholi qurbon bo‘lishiga olib kelgan amaliyotini, shuningdek, yahudiy ko‘chmanchilariga Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududiga borishlariga ruxsat bergan Isroil rasmiylarini qoraladi. Bu haqda Turkiya TIV xabar qildi.

 «Isroilning tinch aholiga qarshi kuch ishlatishda davom etayotgani va Al-Aqso masjidida ibodat qilish tashabbusini keskin ravishda qoralaymiz. Ma’dad tog‘i va Al-Aqso masjidining status-kvosini ochiqdan-ochiq buzishga qaratio‘zg‘atuvchi harakatlar mintaqadagi keskinlikni kuchaytiradi. Biz yana bir marta Isroilni Al-Aqsoning maqomi va ma’naviy merosiga qarshi qaratilgan harakatlardan tiyilishga chorlaymiz», deyiladi bayonotda.

Avvalroq “Al-Mayadeen” telekanali deputat Ben-Gvir boshchiligidagi yuzlab ko‘chmanchilar Al-Aqso masjidiga yaqinlashishi to‘qnashuvlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgani to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.