Turkiya ishbilarmon doiralari, vatandoshlar va diaspora vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi
Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan 28 sentyabr kuni mamlakatimizning Istanbul shahridagi diplomatik vakolatxonasida tantanali bayram tashkil etildi.
Tadbirda Turkiyaga amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirok etdi, deya xabar qildi vazirlik rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov telegram kanalida.
Tadbirda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri bir guruh faollarga ikki tomonlama munosabatlar rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlarini topshirdi.
Uchrashuv davomida, shuningdek, vatandoshlar, diaspora vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan muloqot bo‘lib o‘tgan.
Tadbir yakunida Abdulaziz Komilov Turkiyadagi yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Prezident saylovida faol qatnashishga chorladi.
O‘zA