Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent filialiga kirish imtihonlari boʻlib oʻtdi
14:54 / 2020-08-29

2020-yil 17-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Toshkentda Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar TOVV ETU universitetining filialini ochish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.


29-avgust kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universitetitining Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlari oʻtkazildi.

Mazkur filialda talabalar 2 yoʻnalishda – elektron tijorat va boshqarish hamda xalqaro biznes va tadbirkorlik sohalarida taʼlim oladi. Har bir yoʻnalishga 50 nafardan talaba qabul qilinadi. Bu yil filialga 500 dan ziyod abituriyent hujjat topshirgan.

Turkiya turli sohalarda, jumladan, savdo-iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy yoʻnalishlarda Oʻzbekistonning yetakchi hamkorlaridan hisoblanadi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti natijasida mazkur aloqalar tobora kengayib, mustahkamlanib bormoqda. Taʼlim sohasidagi hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi ham buni yana bir bor tasdiqlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil fevral oyida Turkiyaga tashrifi doirasida 19-fevral kuni Anqara shahrida oʻtkazilgan Oliy darajadagi Oʻzbekiston – Turkiya birinchi strategik hamkorlik yigʻilishi natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Turkiya Savdo palatalari va birjalari ittifoqi oʻrtasida Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkentdagi filialini tashkil etish yuzasidan memorandum imzolangan edi.

2020-yil 17-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Toshkentda Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar TOVV ETU universitetining filialini ochish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti 2004-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda professor-oʻqituvchilar tarkibi boʻyicha mamlakatdagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Mazkur oliy taʼlim muassasasi tadbirkorlarni individual boʻlish va xalqaro biznes tajribasi asosida ish yuritishga oʻqitadigan universitetdir. 2018-yilda “Yosh universitetlar 2018: Ming yillik universitetlari” reytingida dunyoning eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari orasida 32-oʻrinni egalladi.

Universitetning Toshkent filiali dual taʼlim tizimiga asoslangan biznes va tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Taʼlim uch semestrlik oʻquv jarayonidan iborat boʻlib, talabalar nazariy bilimlar bilan birga amaliy koʻnikmalarni egallaydi. Ushbu model Turkiya taʼlim tizimida alohida oʻrin tutadi. Talabalar oʻqish davomida turli mamlakatlarda amaliyot oʻtash, dunyoning yetakchi kompaniyalari, Turkiyadagi taniqli tadbirkorlarning faoliyati bilan tanishish imkoniyatga ega boʻladi.

Semestrlarning biri butunlay amalyotga qaratilgan boʻlib, talabalar Oʻzbekistondagi, shuningdek, chet eldagi yirik korxonalarda elektrotexnika sohasida, toʻqimachilik va meva-sabzavot klasterlarida amaliy mashgʻulotlar oʻtaydi.

2013-yilda mazkur universitetda taʼlim, oʻqitish va tadqiqotlar sohasida xizmatlar koʻrsatish uchun texnologik markaz ochilgan va yosh tadbirkorlarga oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirishda yordam beradigan TOVV ETU–GARAJ oʻz ishini boshladi. Toshkent filialida ham shu kabi texnologik markaz tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Universitetga oʻqishga kirgan iqtidorli va kam taʼminlangan talabalar uchun Turkiya Savdo palatalari va birjalari ittifoqi hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan bir qator imtiyozlar taqdim etiladi. Talabalar taʼlim jarayonida til boʻyicha bilimini oshirish imkoniga ega boʻladi. Chunki darslar ingliz tilida olib boriladi, qoʻshimcha ravishda turk, fransuz, nemis va xitoy tillari oʻrgatiladi.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasidan maʼlum qilinishicha, birinchi oʻquv yilida palata tomonidan barcha talabalarga (har biri uchun) 750 AQSH dollaridan mablagʻ ajratiladi.