French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiya bilan uchrashuvdan ma’no yo‘qligini aytdi
09:00 / 2023-01-27

Tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavusho‘g‘li Anqara Shvetsiya va Finlyandiya bilan NATOga a’zo bo‘lish uchun muzokaralarning davomini o‘tkazishda ma’no yo‘qligini bildirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Stokgolmdagi o‘tgan hafta oxirida sodir etilgan voqea irqchilik harakatining ko‘rinishidir. Hech kim bizga fikr erkinligi, deb tushuntirishga urinmasligi kerak. Buning hodisaga hech qanday aloqasi yo‘q. Aksiya o‘tkazishga ruxsat berganlar ham jinoyatga sherikdir. Shvetsiyada bu jirkanch harakatga yo‘l berganlar avvalo aybdor”, deb bayonot berdi vazir.

Chavusho‘g‘li Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi bo‘yicha “uch tomonlama mexnazim doirasidagi muzokara jarayonidan ma’no ko‘rmayotganini” qo‘shimcha qildi.

 

O‘zA