Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya ehtimoliy zilzila xavfiga qarshi choralar ko‘rmoqda
19:22 / 2026-01-29

Marmara dengizi atrofi, jumladan Istanbul aholi zichligi, rivojlangan sanoati bilan mintaqada muhim o‘rin egallaydi.

Turkiya sanoat va texnologiya vazirligi Istanbulda vaqti-vaqti bilan kuchli zilzila kuzatilishi ehtimoli mavjudligi hamda mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish maqsadida Kojaeli, Bursa va Istanbuldagi ulkan sanoat lokomotivlarini Onado‘liga ko‘chirish loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Ayni jarayonda zilzila xavfi past bo‘lgan “jozibali shaharlar” va “yangi sanoat qal’alari” tanlanib, ko‘chirish loyihasining asosiy manzillari sifatida quyidagi 14 hudud belgilandi:

Ichki Onado‘li yo‘nalishi – Anqara, Eski shahar, Yozg‘at, Qir shahar, Nev shahar Oqsaroy, Qayseri, Koniya, Nig‘de va Karaman.

Qora dengiz-Oq dengiz yo‘nalishi – Kastamonu, Samsun, Mersin va Amasiya.

Mazkur reja nafaqat xavfsizlik chorasi, balki muvozanatli rivojlanish usuli sifatida baholanmoqda. Istanbul, Sakariya va Tekirdag‘ kabi aholi zich manzillardan fuqarolar ushbu viloyatlarga tarqatilishi tufayli mega shaharlarda bunyodkorlik va yangilanish jarayoni ham tezlashishi kutilmoqda.

Onado‘lida quriladigan zamonaviy sanoat zonalarida o‘n minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi, transport va energiya infratuzilmasi takomillashadi. Temir yo‘l va port yo‘llari o‘zaro bog‘lanaib, bu 14 viloyat ham yangi, zamonaviy ishlab chiqarish, eksport markazlariga aylanadi.

Hukumat ushbu mintaqalarda faoliyat yuritadigan korxonalar, investorlar uchun maxsus imtiyozlar e’lon qilishni rejalashtirgan. Shu tariqa Turkiya iqtisodiy mustaqilligini barqarorlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

N.Kayimova, (Turkiya), O‘zA