Yillar o‘tsa-da, yoddan chiqmaydigan to‘ylarni tashkillashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan Turkiya, dunyoning yetakchi hashamatli to‘y tashkilotchilari birlashmasi RSVPning – “RSVP Gala mukofotini topshirish marosimi"da dunyoning eng «Sevimli manzili» deya e’tirof etildi.
RSVP hashamatli to‘ylar va ziyofatlar dunyosini birlashtiradigan taniqli platforma bo‘lib, simpoziumlar, konferensiyalar, taqdirlash marosimlari va tarmoq tadbirlarini tashkil qiladi. 2018 yildan beri har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinayotgan RSVP anjumani global hashamatli to‘y va ziyofatlar sanoatida yetakchi tadbir hisoblanadi.


RSVPning bu yilgi yig‘ilishi Ispaniya poytaxti Madridda o‘tkazildi. Konferensiyada 30 mamlakatdan 250 ga yaqin sohasi mutaxassislari ishtirok etdi. Konferensiya doirasida barqaror tashkilotlar, brending, to‘y va tadbirlar sektoridagi tendensiyalar bo‘yicha turli simpoziumlar o‘tkazildi.

Konferensiyada Turkiya «Maqsad» nominatsiyasida «Sevimli manzil» mukofoti bilan taqdirlandi. Istanbul dunyo miqyosidagi keng qamrovli marosim va tantanalarni a’lo darajada tashkillashtira olishi va hozirgi zamonaviy shaharlardan biri ekanligi ta’kidlanib, navbatdagi konferensiya 2024 yil 2-5 aprel kunlari Istanbulda o‘tishi e’lon qilindi.
O‘zA