Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya davlatidan import qilingan urug‘larda virus aniqlandi
15:55 / 2021-02-15

"O‘zdavkarantin” inspeksiyasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 12 fevraldan boshlab Turkiyaning Bursa hududidan O‘zbekistonga pomidor va qalampir urug‘liklari eksporti uchun vaqtinchalik taqiq joriy etildi.

Bunga sabab mazkur hududda joylashgan “BURSA TOHUMCULUK ZIRAAT VE TIC.A.S.” korxonasidan O‘zbekistonga keltirilgan 85 kilogamm pomidor urug‘ida “Pomidor jigarrang bujmayish virusi” (Tomato brown rugouse fruit virus) aniqlandi.  

Holat yuzasidan 2021 yil 11 fevralda O‘zbekiston Respublikasiga karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda belgilangan fitosanitariya talablari buzilganligi to‘g‘risidagi notifikatsiya (xabarnoma) Turkiya davlatining o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha milliy tashkilotiga yuborildi.  

bugungi kunga qadar Turkiyaning vakolatli organidan “O‘zdavkarantin” inspeksiyasiga javob xati kelib tushmagan. Pomidor va qalampir mahsuloti urug‘ligiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 fevraldagi qaroriga ko‘ra o‘rnatildi.

Import bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ekish materiallari, ko‘chat hamda urug‘liklarni respublika hududiga olib kelish jarayonida O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini oldindan xabardor qilishi maqsadga muvofiq. Bunda, mahsulot import qilingunga qadar eksportyor davlatning karantin xizmati bilan “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi mas’ullari bog‘lanib, mahsulot haqida batafsil ma’lumot to‘planadi.  

“Pomidor jigarrang bujmayish virusi”ning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida