Turkiya Daniyada muqaddas kitob tahqirlanishini qoraladi
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Daniyada musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Qur’onning tahqirlanishini keskin qoraladi.
“Biz muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimga qarshi 24 iyul kuni Kopengagenda amalga oshirilgan harakatni keskin qoralaymiz. Daniya hukumatini xalqaro majburiyatlar doirasida harakat qilishga, shuningdek, Islom va milliardlab dindorlarga nisbatan nafrat uyg‘otishga qaratilgan bunday xunuk hatti-harakatlarning oldini olish choralarini ko‘rishga chaqiramiz”, bayonotda.
Kecha bir guruh namoyishchilar Iroqning Kopengagendagi elchixonasi oldida shunday mudhish hodisa sodir qilishdi.
Mazkur voqea bu mamlakatda birinchi bor amalga oshirilmayapti – 22 iyul kuni ham ayni shu joyda aynan shunday aksiya bo‘lib o‘tgan edi.
“Rambler” agentligi xabariga ko‘ra, avvalgi aksiyani “Daniya patriotlari” o‘ng qanot radikal guruhi amalga oshirgan.