Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozidan o‘tish narxini oshirdi
13:52 / 2022-08-29

Turkiya Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozidan o‘tish narxini besh barobar ko‘tardi, bu Montryo Konvensiyasi beradigan huquqqa asoslandi, deb yozmoqda dushanba kuni Sabah gazetasi.

Montryo Konvensiyasi 1936 yilda qabul qilingan. Ushbu hujjatga ko‘ra, bo‘g‘ozlar orqali tinch davrda ham, urush davrida ham savdo kemalari  bemalol o‘tish huquqiga ega, biroq tartib hamma uchun turlicha. Shu bilan birga, ushbu bo‘g‘ozlardan o‘tadigan harbiy kemalari  Qora dengizda faqat uch hafta qola oladi, keyin orqaga qaytishi lozim, bu qoida faqat Qora dengizga tutashmagan mamlakatlar uchun. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda Turkiya Bosfor va Dardanelldan harbiy kemalarning o‘tishini butunlay taqiqlashi yoki cheklab qo‘yishi huquqiga ega. 

Endi ushbu bo‘g‘ozlardan kemalarning o‘tishi Turkiyaga yiliga  200 million dollar miqdorida daromad keltiradi. Avval bu summa 40 million dollarni tashkil etardi.  

Yangi tartib 2022 yil 7 oktyabrda kuchga kiradi. 

Eslatma: Dardanell bo‘g‘ozi Turkiyada Chanoqqala, deb ham yuritiladi.