French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiya bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlamoqda
15:43 / 2026-01-04

15 yoshgacha bo‘lgan Turkiya fuqarolariga ijtimoiy tarmoqlar va o‘yin platformalariga kirish taqiqlanadi. Bu haqda mamlakat oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri O‘zdemir Go‘ktosh mahalliy telekanallardan birida e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘zlarining identifikatsiya raqamini kiritishlari va keyin shaxsini tasdiqlashlari shart bo‘ladi. 

– Biz endi bolalar va o‘smirlarning “tijorat ob’ektlari” sifatida ekspluatatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaymiz, - dedi vazir o‘z nutqida. – Bugungi kunda maktab o‘quvchilari internetga tobora qaram bo‘lib qolmoqda, bu esa ularning o‘quv natijalariga ta’sir qiladi. 

Yangi qoida o‘lkada yanvar oyi oxirigacha joriy etilishi rejalashtirilmoqda. 

G.Sattorova, O‘zA